
Uzchess
UzChess 2023-yil mart oyida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev va Ulug'bek Ismatov tomonidan asos solingan. O'zbekistonda shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan yirik loyiha hisoblanadi. Rasmiy YouTube kanalida 3 mingdan ortiq videokontent mavjud bo'lib, ular 99 milliondan ziyod umumiy ko'rishga ega. Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy obunachilar soni 173 ming kishidan iborat.
Kirish
UzChess - O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining shaxmat sportini rivojlantirishga qaratilgan loyihasi. Loyiha doirasida yoshlar shaxmatni noldan boshlab, bepul o'rganishi mumkin. 2022-yilda Hindistonning Chennai shahrida bo'lib o'tgan 44-Shaxmat olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritganidan so'ng, mamlakat miqyosida bepul shaxmat ta'limini berish tashabbusi bilan yaratilgan.
UzChess platformasida real vaqt rejimida o'yin o'ynash imkoniyati, 1 milliondan ortiq shaxmat boshqotirmalari, turnirlarda ishtirok etish, professional video kurslar, interaktiv darslar, kitoblar to'plami, grossmeysterlar bilan master-klasslar, shaxsiy taraqqiyot tizimi, sertifikatlar olish imkoniyati va yana ko'plab qiziqarli funksiyalar mavjud.

Muammo
Ko'pchilik shaxamt ixlosmandlari, barcha kerakli ma'lumotlarni, kitoblar va kurslarni bir joyga jamlagan platformani topisholmasdi. Xalqaro darajaga chiqishni xohlovchilar esa, kerakli mutaxassislar va ustozlar bilan aloqa qilolmasdi.
Yechim
Bizning jamoa, aynan shu muammolarni o'rganib, hamma kerakli funksionalliklarni qo'shgan holda mobile ilova qilib berildi. Endilikda ilovada AI orqali, yuqori darajadi shaxmatchilar stili bilan tanishib ular bilan shaxmat o'rganish va o'ynash mumkin. Hozirgi kunda ilovadan foydalanuvchilar soni kundan kunga oshib bormoqda.

Natija
800k obunachi
AI bilan o'yinni yaxshilash
Shaxmat kurslari
Live o'yinlar kuzatuvi

